<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[C1]
   Rabbim men xato qilsam
   Yaqinim kechirmaydi
   Yalinib bagʻrim tilsam
   Xatoyim oʻchirmaydi.

[V1]
 Ne qilay men bir ojiz
 Xatolarga moyilman.
 Sizdek sevguvchi yoʻqdir
 Boʻlsa agar qoyilman.

[C2]
   Rabbim men xato qilsam
   Yaqinim kechirmaydi
   Yalinib bagʻrim tilsam
   Xatoyim oʻchirmaydi.

[V2]
 Sizdek mehribon yoʻqdir
 Yoʻqdir shartsiz sevguvchi
 Xatolar-la yiqilsam
 Sen azizsan deguvchi.

[V3]
 Rahmat Rabbim sevgingiz
 Beminnatdir goʻzaldir
 &quot;Hammani sev&quot; dedingiz
 Sevgi goʻzal-azaldir.</lyrics>
<title>Rabbim xato qilsam (anʼanaviy)</title>
<author>Ulugʻbek Abduhalimov, Ravshan Hizirov</author>
</song>